Aktyor Jorj Kluni va advokat Amal Kluni (qizlik familiyasi Alamuddin) o`tgan dam olish kunlari Britaniyada qaytadan to`y qildi, deya xabar bermoqda Hello!. Bakingemshir grafligining janubida bo`lib o`tgan marosimda yaqin do`st va qarindoshlar qatnashdi.
Tadbir Amalning bolaligi o`tgan Jerards Kross qishlog`i yaqinidagi Danesfield House Hotel and Spa besh yulduzli mehmonxonasida o`tkazildi. Marosimni uning ota-onasi tashkil qilgani xabar berilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 36 yoshli Amal Alamuddin va 53 yoshli Jorj Kluni sentyabr oxirida Venesiyada turmush qurdi.
Amal Oksford universiteti va Nyu-Yorkdagi huquqshunoslik maktabini tugatgan. 2011 yilda u WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga advokatlik qilib, omma e`tiboriga tushdi.





