Spice Girls guruhining sobiq xonandasi Viktoriya Bekxemni Angliyaning bu yildagi eng omadli tadbirkori deb hisoblash mumkin. Bu xulosa biznesga oid bo`lgan Management Today jurnalidagi ekspertlar tuzgan ro`yxatga asoslangan, deya xabar bermoqda «Segodnya» nashri.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilgan mutaxassislar birinchi o`rin Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxemning umr yo`ldoshi, Viktoriya Bekxemga tegishli ekanini qayd etdi.
Viktoriya xonandalik faoliyatini tashlaganiga ancha bo`lgan. U dunyoning mashhur modelerlari qatorida bo`lishga qaror qilgan. Vaqt o`tishi bilan u juda ham mashhur bo`lib ketdi. Jurnal bergan ma`lumotga ko`ra, hisobot davrida Bekxem biznesidagi sotuv hajmi 2900 foizga oshgan.
Angliyaning eng omadli tadbirkorlar reytingining 2-pog`onasida aka-singil Mita va Amit turibdi. Ular Auden Mckenzie farmasevtika kompaniyasi sohiblaridir. Uchinchi o`rinni esa Boohoo.com ta`sischisi Mahmud Kamani egalladi.





