28 oktyabrda FIFA tomonidan "Oltin to`p"ni qo`lga kiritishi mumkin bo`lgan da`vogar futbolchilar ro`yxati ma`lum qilindi. Unga ko`ra 23 nafar futbolchi 2014 yilda "Oltin to`p"ni qo`lga kiritish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Rossiyadagi Shampionat.com sayti yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga kim egalik qilishi haqida so`rovnoma o`tkazdi. So`rovnomada Rossiya chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar ishtirok etdilar. Shu jumladan "Lokomotiv" hamda O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham o`z fikrini bildirgan.
"Krishtianu Ronaldu! "Oltin to`p"ni u oladi. U mavsumni ajoyib boshladi va o`tgan mavsum ham yomon o`ynamagan edi. Faqat terma jamoadagi o`yinini istisno qilish lozim", - deydi Vitaliy Denisov.
Manba: www.uff.uz





