AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya ob-havoni bashorat qiluvchi dunyodagi eng katta superkompyuter quradi

Buyuk Britaniya ob-havoni bashorat qiluvchi dunyodagi eng katta superkompyuter qurishni mo`ljallamoqda. Qurilmaning hisoblash quvvati faqatgina meteorologiya sohasida foydalaniladi. Bu haqda New Scientist xabar bermoqda.

Cray XC40 kompyuteri qariyb 140 tonna og`irlikka ega bo`ladi. Bu taxminan 11 ta London avtobusining birgalikdagi og`irligiga teng ko`rsatkichdir. Ob-havoni bashorat qiluvchi qurilma Angliya janubi-g`arbidagi Ekseter grafligiga joylashtiriladi.

Loyihaning qiymati 97 million funt sterling (taqriban 156,2 million dollar)ga baholanmoqda. Kompyuter hosildorligi 16 petaflopsga teng bo`ladi. Taqqoslash uchun, iPhone 6 smartfonidagi Apple A8 prosessori taqriban bir gigaflops hosildorlikka egadir.

Cray XC40 ob-havoni kelgusi 5—6 kun uchun bashorat qiladi. Qurilma prognoz qilishdan tashqari, katta ko`lamli tadqiqotlarni ham olib boradi. Xususan, iqlim o`zgarishlarida odamzotning roli hamda issiqxona effektini o`rganish superkompyuterga yuklatiladigan vazifalardan hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar