Mashhur britaniyalik xonanda Robbi Uilyams ikkinchi marta ota bo`ldi. Xotini Ayda unga 27 oktyabr kuni o`g`il sovg`a qildi. Uilyams bu haqidagi tasvirlarni o`z tvitterida e`lon qildi.
"Men hech qachon bunchalik sevmaganman va xotinim bilan g`ururlanmaganman. U haqiqatdanam ajoyib. Bir necha soatlik hissiyotlarga boy va hayratlanarli onlarni o`tkazdim. Biz baxtiyormiz, - deydi Uilyams.
Uilyams va turmush o`rtog`i o`g`illariga qanday ism qo`yishgani hali noma`lum. Ularning ikki yoshli Teodor Rouz ismli qizchasi bor. Xonanda bir intervyusida hammasini aynan qizi uchun qilayotganligini tan olgandi.





