AQShning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblangan “Ford Motor Co” kompaniyasining joriy yilning dastlabki 9 oyidagi sof daromadi 2013 yilning tegishli davriga nisbatan 23,8 foizga kamaygan.
Kompaniya hisobotida qayd etilishicha, “Ford”ning belgilangan davrdagi kirimi 108,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o`tgan yilning dastlabki uch choragiga nisbatan 1 foizga kam demakdir. Xuddi shuningdek, kompaniya joriy yilning uchinchi choragida 34 foiz, ya`ni, 835 million dollar kam miqdorda sof foydaga “erishgan”.
Kompaniya vakillari mazkur holatni Rossiya va Turkiya bozorlarida “Ford” avtomobillari sotilishi kamayishi bilan izohlashmoqda.





