Jahon chempioni Madridning «Real» klubi yoshlar jamoasi murabbiyi Zayniddin Zidan 3 oy muddatga murabbiylikdan chetlatildi. Bu haqda «The Daily Mail» xabar tarqatdi.
Ma`lum bo`lishicha, Ispaniya murabbiylar assosiasiyasi mavsum boshida mamlakat futbol federasiyasiga Z.Zidan lisenziyaga ega bo`lmay turib murabbiylik bilan shug`ullanayotgani yuzasidan shikoyat bergan. Ayni shu holat disklifikasiya sabab bo`lgan.
Madridliklar 10 kun davomida ushbu qaror yuzasidan appelyasiya berishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, Ispaniyada yoshlar jamoalari murabbiylari milliy miqyosdagi uchinchi darajali lisenziyaga ega bo`lishlari lozim.





