AsosiyJamiyat

O`zLiDeP saylovoldi dasturi loyihasini taqdim etdi

Andijonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi s`ezdiga Andijon viloyatidan delegatlar saylashga bag`ishlangan konferensiya o`tkazildi, deya xabar beradi O`zA.
Partiya faollari, delegatlar, tegishli tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning 21 dekabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarga tayyorgarlikning borishi, ushbu siyosiy jarayonda faol qatnashish, deputatlikka munosib nomzodlar ko`rsatish singari masalalar muhokama qilindi.
Ishtirokchilar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi dasturi loyihasi bilan tanishtirildi.
Ko`rilgan masalalar, partiyaning saylovoldi harakat dasturi yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. O`zLiDePning navbatdagi s`ezdiga delegatlar saylandi.

 

    Boshqa yangiliklar