AQSh Federal qidiruv byurosi, AQSh hukumati ma`lumotlariga ko`ra, jurnalistlarga maxfiy axborotni taqdim etgan kishini aniqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
FQB agentlari ismi oshkor qilinmayotgan gumonlanuvchining uyida tintuv uyushtirgan. AQSh hukumatining ishonch bilan aytishicha, u AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden bilan aloqador jurnalistlarga, Vashington fikricha, terrorchilar bo`lishi mumkin bo`lgan shaxslar ro`yxatini berib yuborgan.
Ushbu ish bo`yicha tergov Virjiniya shtatida boshlandi, biroq hozircha rasmiy ayblov qo`yilmagan.





