FIFA rasmiy saytida 2014 yilning eng yaxshi futbolchisiga atalgan “Oltin to`p”ga nomzod futbolchilar nomi e`lon qilindi.
Xabaringiz bor, Fransiyaning “Frans futbol” jurnali ushbu sovringa nomzod futbolchilarni har yili aniqlab boradi. Ovoz berish jarayonida jurnalistlar va mutaxassislar ishtirok etadi.
“Oltin to`p-2014”ga nomzod futbolchilar ro`yxati:
Garet Beyl (Uels), Karim Benzema (Fransiya), Diego Kosta (Ispaniya), Tibo Kurtua (Belgiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Anxel Di Mariya (Argentina), Mario Gyotse (Germaniya), Eden Azar (Belgiya), Zlatan Ibrohimovich (Shvesiya), Andres Inesta (Ispaniya), Toni Kroos (Germaniya), Filipp Lam (Germaniya), Xaver Maskerano (Argentina), Lionel Messi (Argentina), Tomas Myuller (Germaniya), Manuel Noyer (Germaniya), Neymar (Braziliya), Pol Pogba (Fransiya), Serxio Ramos (Ispaniya), Aren Robben (Gollandiya), Xames Rodriges (Kolumbiya), Bastian Shvaynshtayger (Germaniya), Yahyo Ture (Kot-d'Ivuar).
Eslatib o`tamiz, kelasi yilning 12 yanvar kuni "Oltin to`p" sovrinining egasi e`lon qilinadi.
Manba: www.uff.uz





