O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi 31 oktyabrdan Toshkent-Riga-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlarni boshlaydi.
Qishki jadvalga ko`ra, Toshkent-Riga-Toshkent qatnovi har juma kuni bajariladi. Toshkentdan uchib ketish 18-40 da, Rigaga etib borish 21-10 da. Rigadan Toshkentga uchish 23-50 da, Toshkentga etib kelish – shanba kuni 07-45 da.
Bundan tashqari har haftaning yakshanba kunlari Toshkent-Riga-Nyu-York-Riga-Toshkent qatnovi bajarilishi ham davom etadi.
Zamonaviy Boing -767 samolyotlari – ushbu yo`nalishdagi yo`lovchilar xizmatida, deb xabar beradi “O`zbekiston havo yo`llari” MAK matbuot xizmati.





