Meksika poytaxti Mexikoda joylashgan xalqaro aeroportning ikkinchi terminalida kuchli yong`in sodir bo`ldi. Natijada bir necha kishi jabr ko`rdi. Yong`in umumiy ovqatlanish hududida boshlangan, deya xabar bermoqda TASS. Yo`lovchilar darhol evakuasiya qilindi.
Yong`in sababi hozircha aniqlangani yo`q. Olov o`chirildi, portlash ro`y bermadi. Aeroport belgilangan tartibda o`z ishini davom ettirmoqda, hech qaysi reys bekor qilingani yo`q.





