Dominikan respublikasi hukumati aeroportda mamlakatga 70 ming dollarni oshqzonida olib kirmoqchi bo`lgan ayolni qo`lga oldi. Shuningdek, uning chemodanidan yana 69 ming dollar topilgan.
Dominikan giyohvand moddalar aylanishini nazorat qilish xizmati vakilining aytishicha, ayolning oshqozonidan pullar o`ralgan 16 ta kapsula olingan.
Ayolning o`zi Ispaniya fuqarosi hisoblanadi. Uni giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullanuvchi guruhga aloqador deb gumon qilishmoqda.
Respublikaga olib kirish miqdori 10 ming dollar etib belgilangan bir paytda u 140 ming olib kirishga uringan.





