AsosiyDunyo

Maktabdagi otishmaning yana bir jabrlanuvchisi halok bo`ldi

AQShning Vashington shtatida o`quv musassasasida sodir bo`lgan otishmaning yana bir qurboni halok bo`ldi. Voqea 24 oktyabr kuni bo`lib o`tgan edi.

14 yoshli Jeylin Frayberg maktab oshxonasida tengdoshlariga qarata o`q uzgan va keyin o`z joniga qasd qilgandi. To`rt nafar yaralanganlar kasalxonaga yotqizildi. Keyinchalik kasalxonada yana bir qiz vafot etdi.

14 yoshli Jia Soriano 26 oktyabr kuni ko`z yumdi. Qarindoshlari uning ichki organlarini transplantasiya uchun berishga qaror qilishdi, deb xabar beradi New York Daily News.

    Boshqa yangiliklar