AsosiyDunyo

10 yashar qizni zo`rlagani uchun afg`on mullasi 20 yilga qamaldi

Afg`onistonning Qunduz provinsiyasidan mulla Muhammad Amin 10 yashar qizni zo`rlagani uchun 20 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Associated Pressning xabar berishicha, Qobuldagi sudya shunday qarorga kelgan.

Jinoyat shu yilning may oyida sodir etilgan. Surishtiruv natijalariga ko`ra, Amin xuddi shunday ishni undan yordam so`ragan yana uch qizga nisbatan qilgan. Ularning ikki nafari qochib ketishga muvaffaq bo`lgan.

Polisiya vakilining so`zlariga ko`ra, uni qochib ketishga urinayotgan paytda qo`lga olishgan.

Agence France-Pressening eslatishicha, bir hafta oldin Afg`onistonda to`rt nafar ayolni zo`rlagani uchun besh nafar erkakni osishgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar