AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan shaxs piyodaning umriga zomin bo`ldi

Ayoli farzandlari bilan qo`shni viloyatda yashovchi ota-onasini ko`rgani ketgach, karmanalik shaxs yolg`iz zerikib qoldi. Pivo ichib bo`lgach, unda do`stlari bilan ulfatchilik qilish istagi tug`ildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Ertasi kuni ulfatchilik va undan keyingi voqealarni xotirlay olmagan karmanalik spirtli ichimlik ta`siri tarqalib ulgurmaganiga qaramay, ayoli va farzandlarini olib kelish uchun yo`lga otlandi. Avtomashinani o`t oldirib, musiqani baland ovozda qo`yib jo`nab ketdi.

Karmana tumani Malikrabod qo`rg`oni hududidan Navoiy yo`nalishi tomon soatiga taxminan 90 kilometr tezlikda borayotgan haydovchi piyodani payqamay qoldi. To`g`rirog`i, ehtiyot choralarini ko`ra olmadi. Avtomashina zarbidan yo`l chetiga uchib ketgan piyodaning joni uzildi.

Karmanalik shaxsning xatti-harakati qonuniy tartibda ko`rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo belgilandi.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar