KXDR hukumati Ebola virusining tarqalishidan qo`rqib xorijlik sayyohlarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo`ymoqchi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Xitoyning Young Pioneer Tours sayyohlik operatori vakili KXDRdagi hamkorlaridan xorijiy turistlar qaerdan kelishidan qat`i nazar Shimoliy Koreyaga kirishi taqiqlangani to`g`risida rasmiy xabar olganini ma`lum qilgan.
Shimoliy Koreyaning Koryo Tours turistik firmasi vakilining so`zlariga qaraganda, vaqtinchalik taqiqning muddatlari hali aniq emas va firma yil oxirigacha rejalashtirilgan uch guruh sayyohlarni qabul qilishdan umidvor.
daryo.uz





