Yakkakurash ustasi, mashhur aktyor Jeki Chan Xitoy va Hindistonning birinchi hamkorlikdagi filmida suratga tushadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ekshn-komediya janridagi ushbu filmning ishchi nomi «Kung-fu yoga»dir.
Hindiston gazetalari yozishicha, sentyabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning Nyu-Deliga tashrifi chog`ida ushbu filmni suratga olish ishlarini boshlashni nazarda tutuvchi hujjat imzolangan.
Filmda Jeki Chan bilan birga yana kimlar suratga tushishi noma`lum.





