2014 yil 23 oktyabr kuni Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Farmon O`zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e`lon qilindi.
Farmonga muvofiq O`zbekistonda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarni himoya qilishda mardlik va jasorat ko`rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi uchun bir qancha O`zbekiston fuqarolari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlandi:
- «Mehnat shuhrati» ordeni;
- II darajali «Shon-sharaf» ordeni;
- «Do`stlik» ordeni;
- «Mardlik» ordeni;
- «Jasorat» medali;
- «Sodiq xizmatlari uchun» medali;
- «Shuhrat» medali.





