AsosiyDunyo

Sharqiy Xitoyda 11 ming kishi suv toshqini natijasida jabrlandi

Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida do`l bilan yog`gan kuchli sel keltirib chiqargan suv toshqini natijasida 11 mingdan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayangan holda TASS xabar bermoqda.

Bir necha kun avval boshlangan ofat oqibatida Lyanyungan shahrining ba`zi tumanlari suv ostida qolgan edi. Ko`p qishloq xo`jaligi erlari suv ostida qoldi, 1,5 ming gektar maydondagi hosil nobud bo`ldi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, iqtisodiy zarar 3 million yuan (500 ming AQSh dollari) dan ortiqni tashkil etdi.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar