Odam savdosi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun qidirilayotgan O`zbekiston fuqarosi Ural transport prokuraturasi tomonidan O`zbekistonga topshirildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
22 yoshli O`zbekiston fuqarosi 2012 yilda aldov yo`li bilan o`z hamyurti ishonchiga kirib olib, unga katta maoshli ish taklif qiladi. Ish joyiga kelgach, ayblanuvchi jabrlanuvchidan zo`ravonlik bilan pasportini tortib oladi, so`ng uni Ozarboyjon fuqarolariga sotib yuboradi.
Ayblanuvchi Rossiyaning Orenburg viloyatidan O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilish uchun jo`natildi.
daryo.uz





