AsosiyJamiyat

2014 yilda 3000 mahallada birorta ham jinoyat kuzatilmadi

Ichki ishlar organlari profilaktika xizmati fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va huquq-tartibotni saqlash vazifasini bajaradi, deb yozadi 12news.uz.

Yufori professional malakaga ega profilaktika inspektorlari kirishuvchan, yoshlar bilan ishlay olish, mahalla va ta`lim muassasalarining oilalar bilan munosabatlarini qo`llab-quvvatlash sifatlariga ham ega.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari Bahodir Qurbonovning ta`kidlashicha, mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilayotgan chora-tadbirlar fuqarolarning muammolarini o`z vaqtida hal qilish, aholining, xususan yoshlar va ayollarning bandligini ta`minlash, ularni jamoatchilik ishlariga, sportga, tadbirkorlikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning natijasida 2014 yilning o`tgan davrida deyarli uch ming mahallada hech qanday jinoyat qayd etilmadi.

Eslatib o`tamiz, har yili 25 oktyabr kuni mamlakatimizda “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” nishonlanadi.

    Boshqa yangiliklar