AsosiyDunyo

Yarim yilda Ebolani engish mumkin

Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyati Xalqaro federasiyasi kengashi bosh kotibi Alxoji As Si Ebolani yarim ichida engish mumkin dedi, deya xabar beradi NBC News.

Uning so`zlariga ko`ra, epidemiyani butunlay yo`q qilish uchun kasallikka chalinganlarni butunlay izolyasiya qilish, davolash ishlarini sifatli olib borish va halok bo`lganlarni xavfsiz dafn etish kerak. Aynan shu holatda deydi As Si, to`rt-olti oyda ijobiy natijaga erishish mumkin.

As Si Xitoyni kasalikka qarshi olib borayotgan ishlari uchun maqtadi. U XXR birinchi murojaatdayoq zarur tibbiyot vositalarini, laboratoriya uskunalarini va himoya vositalarini yuborayotganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar