AsosiyDunyo

Mayk Tayson Rossiya yozuvchilar uyushmasining faxriy a`zosiga aylanadi

Og`ir vazndagi mashhur bokschi Mayk Tayson yaqin orada Rossiya yozuvchilar uyushmasining faxriy a`zosiga aylanadi. Bu haqida promouter Vladimir Xryunov ma`lum qilgan.

27 oktyabr kuni Moskvada "Tayson. Shafqatsiz haqiqat" nomli kitobning taqdimoti bo`lib o`tadi.

"Maykka Rossiyo yozuvchilar uyushmasining a`zolik bileti topshiriladi”, - deydi Vladimir Xryunov. Taysonning o`zi noyabrda Moskvaga keladi va boks kechasining mehmoni bo`ladi. Ushbu uchrashuvda sobiq jahon chempioni ruslan Provodnikov ringga ko`tariladi.

Tayson ikki marta Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U “Eng tez nokautlar sonining ko`pligi” va “Og`ir vazndagi eng yosh jahon chempioni” sifatida ushbu kitobdan o`rin olgan. Bokcchi yana bir necha marta “Yil bokschisi” bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar