Bugungi kunda mamlakatimizda avtomobil yo`llari hamda ko`priklar qurish va ularni rekonstruksiya qilish borasida keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 720 millard so`m miqdoridagi mablag` o`zlashtirilgan.
Keyingi yili avtomobil yo`llari hamda ko`priklar qurish va ularni rekonstruksiya qilish loyihasi uchun O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasiga 2.8 trln. so`m, shuningdek zarur texnikalarni sotib olish uchun bu yiligiga qaraganda 35% ko`proq mablag` ajratilishi rejalashtirilmoqda.
2015 yilda amalga oshirilishi mo`ljallangan dastur doirasida umumiy uzunligi 423 kilometrga teng xalqaro va davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo`llari foydalanish uchun topshiriladi.
uz24.uz





