AsosiyDunyo

Aviahalokatlarda omon qolgan mashhurlar

Ko`pincha biz taniqli insonlarni boshqalardan ko`ra ko`proq omadi chopadiganlar, deb o`ylaymiz. Aslida esa ular ham yoqimsiz va xavfli vaziyatlarga tushib turadi. Meduza nashri aviahalokatlarga uchrab, omon qolgan mashhurlar haqida tayyorlagan maqolani havola etamiz.

2008 yilda Illinoys shtatidan senator va AQShning bo`lajak prezidenti Barak Obama joy olgan «Golfstrim» nomli kichik samolyot Nevadadan Chikago kelib qo`ngandan so`ng yo`lakda turgan bo`sh va harakatsiz boshqa parvoz apparatiga borib urilgan. Samolyotlarning qanotlari bir-biriga to`qnashib, qattiq zarar ko`rgan, ammo yo`lovchilarga, jumladan Obamaga ham ziyon etmagan.

2000 yil 20 dekabrda aktrisa Sandra Bullok Texasdan Vayomingga kechgi reysni amalga oshirgan samolyot bortida bo`lgan. Ko`rish imkoni yuqori emasligi tufayli uchuvchilar qo`nish yo`lagini topa olmagan va parallel erga qo`ngan. Qo`nish ancha murakkab bo`lganiga qaramay hech kimga zarar etmagan.

Aktyor Jonni Depp rejissyor Bryus Robinson bilan suratga olish uchun manzarali joy izlab, Meksikaga yo`l olgan samolyot dvigateli apparat havodaligida to`xtab qolgan. Aktyor ikki daqiqalik qulash vaqtida o`lim bilan yuzlashayotganini o`ylaganini keyin tan olgan.

2010 yilda Leonardo Di Kaprio Sankt-Peterburgda Amur yo`lbarslarini qutqarish bo`yicha sammitda qatnashish uchun Nyu-Yorkdan Moskvaga tijorat reysi bilan yo`l olgan. Samolyot uchganidan 30 soniya o`tiboq yo`lovchilar baland qasir-qusur ovozlarini eshitgan va chap dvigatel tashqarisida yong`in ko`ringan. Uchuvchilar bir soat davomida urnab, samolyotni bir dvigateli bilan bo`lsa ham qayta qo`ndirishga muvaffaq bo`lgan.

Professional uchuvchiligi bilan tanilgan aktyor Xarrison Ford 1999 yilda Kaliforniyada vertolyot boshqaruvini o`rganish chog`ida instruktor boshqarib borayotgan apparat nosozlik tufayli qurib qolgan daryo o`zaniga qulagan. Aktyor ham, murabbiy ham zarar ko`rmagan.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar