Rossiya imperator uyi rahbari buyuk knyaginya Mariya Vladimirovna Romanova 3—15 noyabr kunlari ilk bora O`zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
Tashrif O`zbekiston tarixi, milliy madaniyati va zamonaviy hayoti bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi.
Sayohat«Rossotrudnichestvo» tomonidan Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O`zbekiston eparxiyasi hamda respublika Rus madaniyati markazi hamkorligida tashkil qilinadi.
Romanovlar uyi rahbari buyuk knyaginya Mariya Vladimirovna Ispaniyada yashaydi.
daryo.uz





