AsosiyDunyo

Xitoyda 43 kishining Ebolaga chalinganligi taxmin qilinmoqda

Xitoyning Guandun provinsiyasida 43 kishi Ebola virusi bilan zararlangan degan taxmin ilgari surilmoqda, deya xabar beradi Interfaks.

Tekshiruv ishlari kasallik keng tarqalgan Afrika mamlakatlaridan qaytgan fuqarolarda o`tkazilgan. Taxminiy ma`lumotlarga ko`ra, 43 holatda ushbu virus borligi aniqlangan.

Shu o`rinda ma`lumot uchun aytish kerakki, 23 avgust holatiga ko`ra Afrika mamlakatlaridan provinsiyaga 8672 nafar fuqaro qaytgan.

    Boshqa yangiliklar