AsosiyDunyo

Homilador gersoginya Ketrin yana ko`rinish berdi

Gersoginya Ketrinning homiladorligi haqida rasmiy ma`lumot berilgandan so`ng u birinchi marta ko`rinish berdi. Buning sababi esa Singapur prezidenti Toni Tan bilan Londondagi uchrashuv bo`ldi.

Aynan mana shu voqea uchun Keyt o`z ahvolini ham unutib, jamoatchilik oldida kulib paydo bo`ldi. Bundan oldin u barcha tadbirlarni bekor qilgan edi.

Gersoginya turmush o`rtog`i shahzoda Uilyam bilan birgalikda fotograflarga suratga olishlariga ruxsat berdi.

Afsuski, har qanday fotosessiyaning gultojiga aylanishi mumkin bo`lgan kichkintoy Jorj ushbu rasmiy marosimda yo`q edi.

Qirollik oilasining yana bir nafarga ko`payish voqeasi 2015 yilning aprelida kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar