AsosiyJamiyat

Inson huquqlari OAV nigohida

Toshkentda inson huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va o`rniga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etgan tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad huquqiy mavzuning ommaviy axborot vositalarida yortilishi, aholi huquqiy madaniyatini, jurnalistlarning inson huquq va erkinliklariga oid bilimini oshirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish masalasini muhokama qilishdan iborat bo`ldi.
Tadbirda demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurishda ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining muhim qismi bo`lib, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo`yicha strategik vazifani bajarayotganini ta`kidlandi.
Ommaviy axborot vositalarini huquqiy madaniyat va bilim manbaiga aylantirish mamlakatimiz media sohasini isloh qilishning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu maqsadga erishish uchun gazeta va jurnallar sahifalari, teleko`rsatuv va radioeshittirishlar, internet tarmog`ida huquqiy mavzudagi materiallar soni va sifatini oshirish, bu boradagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish lozimligi haqida so`z yuritdi.
Davra suhbati ishtirokchilari aholi huquqiy madaniyatini oshirishning ajralmas qismi sifatida davlat hokimiyati organlari va ommaviy axborot vositalarining samarali hamkorligiga ham e`tibor qaratdi. Bunday hamkorlik davlat organlari faoliyatida hisobdorlik, ochiqlik, tenglikni ta`minlashda muhim omil bo`lib xizmat qilishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar