AsosiyJamiyat

Buxoro shahrida o`quvchi qiz muallimasining uyiga o`g`rilikka tushdi

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi muallima xonadoniga noma`lum shaxs o`g`rilikka tushgani haqidagi ariza bilan milisiyaga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi.

Arizada ma`lum qilinishicha, noma`lum shaxs muallima xonadonidan besh turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida o`g`rilikni jabrlanuvchining sobiq o`quvchisi sodir etganligi ayon bo`ldi.

Hozirda mazkur hodisa bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar