AsosiyJamiyat

Uch bosqinchi samarqandlik ayol xonadonidan 500 AQSh dollarini o`g`irlab ketdi

Yarim tunda yuziga niqob taqqan uch kishi Samarqandda istiqomat qiluvchi ayol hovlisiga devor osha bosqinchilikka tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Noma`lum shaxslar ayolni pichoq bilan qo`rqitib, uning 500 AQSh dollar va 180 ming so`m pulini olib ketdi. Jabrlanuvchi ichki ishlar idoralariga xabar bergach, tezkor tergov guruhi a`zolari voqea joyiga etib keldi.

Olib borilgan surishtiruv-qidiruv ishlari natijasida bosqinchilik sodir qilganlikda ayblangan uch shaxs ichki ishlar bo`limiga olib kelindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar