AsosiyShou-biznes

Endi Garsia “Kurtlar vadisi pusu”da

Endi Garsia 1956 yil 12 aprelda Kubaning Bexukal shahrida tavallud topgan. U besh yoshga to`lganida revolyusiya sabab Amerikaga ko`chib ketishga to`g`ri keladi. 1978 yili Garsi Los-Anjelesga keladi va turli teatr truppalarida chiqish qilib yuradi. Vaqti vaqti bilan esa televidenieda kichkina rollarni ijro etib turardi. Endi Garsianing ilk ekranda paydo bo`lishi “O`lishning 8 million yo`li” filmida (1986) sodir bo`ladi. Keyingi o`n yilda akter kriminal janrda “Daxlsizlar”, “Qora yomg`ir”, “Ichki tekshiruv”, “Cho`qintirilgan ota-3” filmlarida rol ijro etadi.

Dunyoning bir nechta davlatida teletomoshabinlarning sevimli serialiga aylangan va ayni kunlarda ham efirga uzatilishi davom etayotgan “Kurtlar vadisi pusu” teleseriali bosh qahramoni rolini talqin etgan Nejati Shashmaz hamda dunyoga mashhur akter Endi Garsia bilan suhbat.

Muxbir: Aslida bu serial sizga avvaldan tanish, ammo bu loyiha nimasi bilan sizni o`ziga jalb qildi?

Endi Garsia: Menga shunday taklif berdiki, qarshilik qilolmadim, yo`q deya olmadim. Nejati bu teleseriali bilan ajoyib ish ko`rsata oldi. Men va Sheron Stoun sakkiz yil oldin mana shu muvaffaqiyat ichida edik. O`sha mavsumga oid ajoyib xotiralarim bor. Aynan mana shu sababli qo`ng`iroq qilib taklifni berishganida sirayam ikkilanmasdan juda yaxshi sinov bo`ladi dedim. Ham do`stlarimni, shuning bilan birga birinchi marta Istanbulni ko`rar edim.

M.:  Siz serialda Amon rolini ijro etasiz. Qahramoningiz haqida biror ma`lumot bersangiz?

E.G.: Yo`q, aslo mumkin emas. ammo juda maxfiy qahramon.

M.: Mamlakatimiz haqidagi fikrlaringiz?

E.G.: Men Turkiyaning faqatgina tarixini bilaman. Ozgina sayohat qildim. Dengiz bo`ylab sayr qildim. Osiyo va Evropa qit`alarini kezdim. Ko`plab diqqatga sazovor joylarni ko`rdim. Demak, bu men uchun ham ish hamda bir sayohat hisoblanadi. Yo`lboshlovchim esa Nejati.

Nejati Shashmaz: Endi aytib o`tganidek, biz serialning avvaliga qismlarida Gollivudda tasvirga olish ishlarini olib borgan edik. Bu bir boshlang`ich edi. Hozir esa bu ishlarning Istanbulda olib borilishi ham bir yangi boshlang`ich.

M.: Serialning keyingi qismlari haqida to`xtalib o`tsangiz?

N.J.: (Endiga qarab, kuladi) U bizning sirlarimizni bilib olmoqchi. Sizga shuni aytishim mumkinki, keyingi qismlar teletomoshabinlar uchun hayajonlarga to`la bo`ladi. Ochig`i, o`zim ham ekranga qaytishni sog`inib qolibman.  

M.: Endi serial tomoshabinlari va muxlislaringizga tilaklaringiz?

E.G.: Nima ham derdim, serialni ko`ringlar. Hammasi oldinda. Sizlarni his-hayajon va kutilmagan sahnalarga boy sahnalar kutib turibdi.

    Boshqa yangiliklar