Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri Katrina Kaif Londondagi "Madam Tyusso" nomli mashxur insonlarning mumdan yasalgan figuralar muzeyning navbatdagi qahramoni bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda bollywood.tj nashri ma`lumot beradi.
Shu munosabat bilan uning mum figurasini yaratilajak haykalin yaratish ishlari boshlab yuborilgan. Ayni suratda Katrinaning o`lchamlari, ko`zlari, sochlarining rangi kabi uning o`ziga hos jihatlari hisobga olingan holda o`lchov olinmoqda.
Uning haykali raqs tushayotgan ko`rinishda yaratiladi. 20 kishidan tashkil topgan profissional rassomlar bahosi 150 000 AQSh dollari bo`lgan Katrinaning aniq nushadagi haykalini yaratishadi.
Katrina 2015 yilning bahor oylarida Londonda o`zining mumdan yaratilgan haykalini omma e`tiboriga havola etadi.





