Ob-havo ma`lumotlari boshlovchisi Mayk Sobel (Mike Sobel) Global Edmonton (Kanada) telekanalidagi jonli efir orqali egasiz itga xo`jayin topishga urinib ko`rgan. Bu haqida Global News xabar beradi.
YouTubega joylashtirilgan videorolik bir necha kun ichida 2.7 million martadan ko`proq tomosha qilingan.
Maykl Sobel itni ob-havo studiyasi olib kelgan va Dipl laqabli itga xo`jayin topishga urinayotganligini ma`lum qiladi.
Shuni ta`kidlash kerakki, Global Edmonton telekanali xodimlari efir yordamida ko`plab jonivorlarga xo`jayin topishga urinishmoqda. Maykl Sobelning ta`kidlashicha, unga birinchi marta mana shunday serharakat it to`g`ri kelgan.





