Xorijda ishlab kelayotgan o`zbekistonlik mehnat muhojirlari orasida OITS (SPID) ko`rsatkichi oshmoqda.
Respublika OITSga qarshi kurash markazi rahbari Otabek Nurmatov «Hurriyat» gazetasiga bildirishicha, 2012 yilda xorijda ishlab kelgan fuqarolar orasida OITSga chalingan 272 nafar bemor aniqlangan. 2013 yilda esa bu ko`rsatkich 418 nafarni tashkil qilgan.
«2014 yilda OIV infeksiyasini yuqtirganlarning 53,6 foizi erkaklar, 46,4 foizi ayollar bo`lgan. 2013 yilda respublika bo`yicha ro`yxatga olingan bemorlarning 58,4 foizi jinsiy aloqa orqali, 27,8 foizi parenteral (teri va shilliq qavatlar) yo`l bilan, 13,8 foizi vertikal yo`l bilan kasallikni yuqtirgan», — deydi Nurmatov.





