AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik oshpaz Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi

O`zbekistonlik bosh oshpaz Hakim G`aniev dunyodagi eng katta lag`monni tayyorlab Ginnesning rekordlari kitobiga kirishga muvaffaq bo`ldi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Ushbu rekord 18 oktyabr kuni Belorussiya poytaxti Minsk shaxridagi kafelardan birida o`rnatildi. O`zbek milliy taomlaridan biri bo`lmish lag`monni tayyorlash uchun qariyb 150 kg. go`sht, sabzavotlar va uzunligi 1 kilometrdan oshiq hamir bo`lagidan foydalanildi. Tayyor taomning umumiy og`irligi 351,1 kilogrammni tashkil etdi.

Rekord “Interrekord”Halqaro agentligi ekspertlari tomonidan qayd etildi. 351,1 kilogrammlik lag`mon, taomni tez fursatda eyish bo`yicha chempionatga yuborildi. 

    Boshqa yangiliklar