18 oktyabr kuni “Rossiya 1” telekanalida “O`zbekiston. Qumlar marvaridi” (“Uzbekistan. Jemchujina peskov" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda anons.uz.
Filmda mamlakatimizning qadimiy tarixi, uning hayratlanarli yodgorliklari, buyuk insonlari haqida hikoya qilindi.
Ushbu film Saida Medvedova boshchiligidagi “Masterskaya” kinokompaniyasining mualliflik g`oyasi hisoblanadi.
Hujjatli filmda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari haqida hikoya qilingan. Telekompaniya ijodkorlariga O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasi hamda unga a`zo nodavlat telestansiyalar vakillari hamrohlik qildi va yaqindan ham ijodiy hamda texnik ko`mak ko`rsatishdi.
Ushbu film Russia.tv sayti orqali ham namoyish etildi va uni “Sayt arxivi”dan topib, ko`rishingiz mumkin.









