AsosiyJamiyat

Toshkentda xalqaro sanoat haftaligi bo`lib o`tadi

21-23 oktyabr kunlari ITE Uzbekistan xalqaro ko`rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori — ITE kompaniyalar guruhi Toshkent shahridagi “O`zekspomarkaz”da xalqaro tarmoqlararo “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi” — “Central Asian Industrial Week” loyihasini amalga oshiradi. Loyiha doirasida tashkil qilinadigan ko`p tarmoqli sanoat ko`rgazmasida zamonaviy sanoat uskunalari, texnologiyalari, eng maqbul ishlanmalar namoyish etiladi, deya xabar bermoqda “Turkiston-press”.

Bugun ushbu yirik tadbir oldidan matbuot anjumani o`tkazildi.“Central Asian Industrial Week” loyihasi “Tog`-kon ishi-MiningWorld Uzbekistan-2014” 9-xalqaro qo`rgazmasi, “Tog`-kon uskunalari — Machineri Central Asia-2014” 7-xalqaro ko`rgazmasi, “Yo`l qurilishi va maxsus texnika — UzComak-2014” 6-xalqaro ko`rgazmasi, “Kimyo sanoati — Chemie Uzbekistan-2014” xalqaro ko`rgazmasi, “Plastmassa industriyasi — Plastex Uzbekistan-2014” xalqaro ko`rgazmaci hamda ilk bor ITE Uzbekistan xalqaro ko`rgazmalar kompaniyasi tasarrufida o`tkazilayotgan “Poligrafiya va qadoqlash-O`ZBEKinPrint-O`ZuPASK” ko`rgazmasini o`z ichiga oladi.

Mavzuli yo`nalishlar bo`yicha ko`rgazmalar ikkita yirik sho``baga bo`lingan bo`lib, birinchisi tog`-kon industriyasi, metallurgiya, mashinasozlik, sanoat qurilishi va maxsus texnika masalalariga bag`ishlangan. Bu sho``ba ekspozisiyalari ko`rgazmalar majmuining 1-pavilonida, unga tegishli yirik gabaritli qurilish texnikalari va tog`-kon ishlari uchun maxsus mashinalar esa MKMning ikkita ochiq namoyish maydonlarida taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar