AsosiyJamiyat

Sirg`ali tumanida texnopark yaratildi

Sirg`ali tumanida 45 ming kvadrat metr maydonni egallagan texnopark paydo bo`ldi. Bu haqda tuman hokimi Furqat Maqsudxo`jaev Toshkentda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi, deb yozadi 12news.uz.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu maydonni mebel, polietilen mahsulotlar, sintepon va boshqalarni ishlab chiqaruvchi 50 nafar tadbirkor egallagan.

Hokim so`zlariga ko`ra, kelajakda ularning faoliyatiga ko`mak berish maqsadida «Yagona oyna» markazi, «Sirg`alida tadbirkorlik qil» maxsus internet-portali, shuningdek yangi sanoat hududlari yaratiladi.

«Joriy yilning o`zidayoq tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 338 ta loyihani amalga oshirish ko`zda tutilgan. Natijada 3355 ta yangi ish o`rinlari yaratilib, u erga kollej bitiruvchilari jalb etiladi», — dedi Furqat Maqsudxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar