AsosiyHi-tech

Yaponiyada 2014 yilning eng yaxshi avtomobillari aniqlandi

Yaponiyada bo`lib o`tgan «Yil avtomobili» tanlovida Evropada Mazda 2 sifatida tanilgan Mazda Demio xetchbeki 2014 yilning eng yaxshi modeli deb topildi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» xabar berdi.

Xorijlik ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi avtomobili sifatida esa Mercedes Benz C-klass topildi. Qo`llanilgan innovasiyalar bo`yicha BMW i3 g`olib bo`ldi, «key-kar» deb ataluvchi kompakt avtomobillar nominasiyasida esa Honda N-WGN birinchilikni qo`lga kiritdi.

Toyota kompaniyasiga vodorod bilan harakatlanuvchi Mirai avtomobilini ishlab chiqqani uchun maxsus sovrin topshirildi. 2014 yilning eng yaxshi avtomobili tanlovida jami 17 yapon va 21 xorij modellari bahs olib bordi.

    Boshqa yangiliklar