Janubiy Koreyada o`tkazilgan pop-konsert chog`ida o`n to`rt kishi halok bo`ldi. Bu haqida “Renxap” agentligi ma`lumotiga tayangan holda Agence France-Presse xabar bermoqda. Yana o`n bir kishi jabr ko`rgan.
Tadbir Seuldan unchalik uzoq bo`lmagan Sonnam (Seongnam) shahrida ochiq osmon ostida tashkil etilgan edi. Konsert vaqtida og`irligi sabab ventilyasiya panjarasi yig`ilganlar ustiga qulab tushgan. Natijada 25 kishi erosti mashinalar to`xtash joyiga tushib ketishgan. Ya`ni 20 metrlar chamasi uzoqlikka yiqilishgan.
Voqea sababi aniqlanmagan. Mahalliy televidenie ma`lumotiga ko`ra, konsertga yig`ilgan tomoshabinlarning ko`pchiligi talabalar bo`lgan.





