AsosiyDunyo

Kema Ebola virusi sabab portga kiritilmadi

Meksika hukumati Amerika dengiz sayohati kemasini unda Ebolaga chalingan yo`lovchilar bor degan shubha bilan Kosumel orolidagi portga kiritmadi, deya xabar beradi lenta.ru BBC Newsga asoslanib.

Carnival Magic kemasi Texas shtatining Galveston portidan chiqqan bo`lib, uning bortida Ebola virusidan halok bo`lgan mijozni davolagan hamshira bo`lgan.

Hamshira va uning eri karantinda ushlab turilibdi. Biroq ularga virus yuqqanligi to`g`risida hech qanday aniqlik kiritilmagan.

 

    Boshqa yangiliklar