Yoshlar ijod saroyida “Kamalak yulduzlari – 2014” respublika bolalar ijodiyoti festivalining Toshkent shahar bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi va ular ishtirokida gala-konsert bo`lib o`tdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularga puxta bilim berish, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi sifatida e`tibor qaratilmoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan o`tkazilayotgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali yosh iste`dod sohiblarini aniqlash, ularni har jihatdan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijodiy loyihaning Toshkent shahar bosqichida 410 nafar ishtirokchi mumtoz va milliy cholg`ular, qo`shiq, raqs, tasviriy va amaliy san`at, adabiyot kabi yo`nalishlarda o`z qobiliyatini namoyish etdi.
Yakunda g`olib bo`lgan 20 nafar o`g`il-qizga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.
uza.uz





