AsosiyJamiyat

O`zbekiston chegarachilari Tojikistondan kelayotgan 24 kg narkotikni to`xtatdi

O`zbekistonda Tojikistondan kelayotgan katta miqdordagi giyohvand moddalar yo`liga to`siq qo`yildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo`riqlash qo`mitasi matbuot xizmatiga asoslanib UzDaily xabar bermoqda.

O`zbekistonlik chegarachilar 15 oktyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Chep aholi punktida og`irligi 24 kilogramm bo`lgan katta miqdordagi giyohvand moddalarni qo`lga tushirgan.

Qo`mita matbuot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, ushbu ish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar