Maykl Jekson hayotlik vaqtida qilgan ulkan mehnatlari evaziga hatto vafot etgan bo`lsada, eng ko`p haq to`lanadigan xonandalar ichida birinchilikni qo`ldan boy bermayapti.
Forbes jurnali chop etgan ro`yxatga ko`ra, Maykl Jekson aksariyat hollarda xonandalar o`rtasida o`tkaziladigan reyting natijalarining eng yuqorisidan o`rin egallaydi. Bu o`tgan asrda yashab ijod etgan xonanda, Mayklning sobiq qaynotasi Elvis Presli ko`rsatgan natijalardan ham ortiqroqdir. Xatto Elvis Presli ham Maykl Jeksondan uch karra kam miqdorda mablag` jamg`argan.
2014 yilga kelib Mayl Jekson “ishlab topayotgan” mablag` miqdori 140 million AQSh dollariga teng. Ushbu mablag` uning o`limi oldidan yaratilgan Xscape albomi sotuvi va Billboard Music Awards festivalidagi golografik chiqishlari orqali kelib tushgan. Keling 2014 yili Forbes jurnalida nomlari chop etilgan marxum mashxur insonlarning o`limidan keyingi “topgan” mablag`lari bilan tanishamiz.
1. Maykl Jekson: 140 million AQSh dollari
2. Elvis Presli: 55 million AQSh dollari
3. Charlz Shuls: 40 million AQSh dollari
4. Elizabet Teylor: 25 million AQSh dollari
5. Bob Marli: 20 million AQSh dollari
6. Merilin Monro: 17 million AQSh dollari
7. Djon Lennon: 12 million AQSh dollari
8. Albert Eynshteyn: 11 million AQSh dollari
9. Teodor Geyzel, Bryus Li, Stiv MakKuin, Betti Peydj: 9 million AQSh dollari
10. Djeyms Din: 7 million AQSh dollari





