AsosiyDunyo

Xitoy yangi kosmodrom qurilishini yakunladi

Xitoy Xaynan tropik orolida Venchan kosmodromi qurilishini yakuniga etkazdi. Bu erdan og`ir raketa tashuvchilarni fazoga uchirishda foydalaniladi, deya xabar beradi “Jenmin jibao” gazetasi.

Start maydoni allaqachon foydalanishga tayyor bo`lgan, deb yozadi nashr. Xitoyning to`rtinchi kosmodromi nafaqat yuqori texnik uskunalar bilan jihozlangani, balki juda tor maydonda joylashgani bilan ham farq qiladi.

Start maydonining ekvatorga yaqinligi orbitaga kosmik apparatlarni chiqarish vazifasini ham ancha engillashtiradli. Kosmodrom qurilish ishlari jami 5 yil davom etdi.

Nashrda chop etilishicha, kelguchi yili bu erda birinchi parvoz amalga oshiriladi. Unda og`ir raketa tashuvchi “Chanchjen-5” ("Buyuk yurish-5" uchirilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar