AQShda bolalarni olib ketayotgan avtobus bilan yo`l falokati sodir bo`ldi. Falokat 16 oktyabr kuni Vayoming shtatining shimoliy-g`arbida ro`y berdi. Avtobusda jami 13 nafar bola bo`lgan, ulardan biri ikki yoshda, yana biri esa to`rt yoshda.
TASS ma`lumotiga ko`ra, haydovchi boshqaruvni qo`ldan chiqargan, transport vositasi yo`ldan chiqib ketgan va ag`darilgan. Avtobus yo`lovchilari jiddiy jarohat olmagan. Barcha bolalar xavfsizlik maqsadida kasalxonalarga etkazilgan.





