Avstraliyaning yangi janubiy Uels shtatida 13 yoshli serfing bilan shug`ullanuvchi qiz akulani qo`rqitdi. Voqea Sentral Kost shahrida joylashgan cho`milish havzasida sodir bo`ldi, deb yozadi The Daily Mail.
Kirra-Bel Olsson (Kirra-Belle Olsson) tongda havzaga yo`l oladi. O`quvchi suvga tushgandan so`ng kimdir uni ushlayotganligini sezadi.
“U, avvaliga dugonalaridan biri deb o`ylaydi va yordamga chaqiradi. Shundan keyin akula uni qo`yib yuboradi”, - deydi qizning otasi. Uning so`zlariga ko`ra, gidrokostyum Olssonni og`ir jarohat olishdan asrab qolgan.
Qizning do`stlari uni sohilga olib chiqishadi va unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi. Shundan keyingina Olssonni mahalliy kasalxonaga etkazishadi.
9news.com.au portali bergan xabarga ko`ra, hujum qilgan akula bir metr uzunlikda bo`lgan. Sohil qutqaruvchilari suvga tushmaslikni tavsiya qilishmoqda.





