AsosiyDunyo

Mixail Saakashvili Gruziya xalqiga Facebook orqali murojaat qildi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o`zining Facebook’dagi sahifasi orqali gruzin xalqiga murojaat qilib, mamlakat rivojlanish modelini birgalikda muhokama qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda «Novosti-Gruziya».

«Sizlardan g`oya va maslahatlaringizni so`rab murojaat qilyapman. Mening Facebook’dagi sahifamga yozing. Jamoam bilan birgalikda men barcha fikrlar bilan tanishib chiqamiz. Ularning tahlili natijasiga ko`ra, mamlakatimizning yangi kunini muhokamaga qo`yishni taklif qilaman», − dedi Saakashvili.

Shuningdek, u hozirgi davrda mamlakat oldinga emas, orqaga ketayotganini ta`kidlagan. Ma`lumot uchun, ayni paytda AQShda bo`lib turgan sobiq prezident va uning «Yagona milliy harakat» partiyasiga nisbatan Gruziyada jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar